Bekobod tumanida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-06-16 18:50:00 / Yangiliklar
2026-yil 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizning nufuzli investitsiya maydonlaridan biri — V Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yirik anjuman doirasida Bekobod tumanining investitsiya salohiyati, sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi imkoniyatlari xorijiy investorlar e’tiboriga havola etilmoqda.
Xususan, Xitoyning “Shanxi Lida Paper Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim etildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga Bekobod tumanida tashkil etilgan “Bekobod” maxsus sanoat zonasi hamda “Oybek” savdo zonasidagi mavjud infratuzilma, ishlab chiqarish imkoniyatlari va investitsiya uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Bekobod tumani hokimi hamda “Shanxi Lida Paper Group” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, yangi loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kompaniya rahbariyati hududda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

