Nazarboy mahallasida unumli mehnat — baraka va farovonlik manbai!
2026-06-03 15:45:00 / Yangiliklar
Nazarboy mahallasida zovur yoqalaridan samarali foydalanib, namunali faoliyat yuritayotgan tadbirkor tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. 📸
Tadbir davomida tadbirkor o‘z faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, mahalla hokim yordamchisining amaliy ko‘magi bilan ilgari foydalanilmay kelgan zovur atrofi qisqa vaqt ichida daromad manbaiga aylantirilganini ta’kidladi.
🌱 Bugungi kunda ushbu hududda:
🔹 bog‘dorchilik rivojlantirilgan;
🐄 chorvachilik yo‘lga qo‘yilgan;
🐓 parrandachilik kengaytirilgan;
🐟 baliqchilik samarali tashkil etilgan;
🐝 asalarichilik orqali qo‘shimcha daromad manbalari yaratilgan.
💼 Eng muhimi, ushbu tashabbuslar natijasida mahallada yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholi bandligi va daromadlari oshib bormoqda.
📊 Press-tur ishtirokchilari mazkur tajribani kichik hududlardan oqilona va samarali foydalanishning yorqin namunasi sifatida e’tirof etdilar.
🚀 Nazarboy mahallasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, balki hududlarni obod etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.
Unumli mehnat va tashabbuskorlik — taraqqiyot garovi!

