Nazarboy mahallasida foydalanilmayotgan hudud daromad manbaiga aylantirildi
2026-06-03 09:45:00 / Press-relizlar
PRESS-RELIZ
Nazarboy mahallasida foydalanilmayotgan hudud daromad manbaiga aylantirildi
Nazarboy mahallasida zovur yoqalaridan samarali foydalanib kelayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar zovur atrofidagi ilgari foydalanilmay kelgan hududda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bilan tanishdilar. Tadbirkorning ma’lum qilishicha, mahalla hokim yordamchisining ko‘magi va tavsiyalari asosida mazkur hudud qisqa muddat ichida samarali foydalaniladigan hamda daromad keltiradigan maydonga aylantirilgan.
Bugungi kunda ushbu hududda bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan. Natijada yer resurslaridan oqilona foydalanish bilan bir qatorda qo‘shimcha daromad manbalari yaratilgan.
Loyiha doirasida mahalla aholisining bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Amalga oshirilgan tashabbuslar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu esa fuqarolarning daromadlarini oshirish va turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Press-tur ishtirokchilari mazkur tajribani kichik hududlardan unumli foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi samarali amaliyot sifatida baholadilar.
Nazarboy mahallasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hududlarni obod etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.
