Bekobod va Bashqirdiston: yangi hamkorlik bosqichi
2026-05-01 17:25:00 / Yangiliklar
Bekobod tumani hokimligi hamda “Bashqirdiston Investitsiya boshqaruv kompaniyasi” va “Bekobod investitsiya boshqaruv kompaniyasi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bitimlar imzolandi.
Mazkur kelishuvlar “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida rasmiylashtirildi. Unda davlat organlari vakillari hamda biznes hamjamiyati faol ishtirok etdi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida “Burintex”, “Ural prujina zavodi” va “Ortsotan” kabi yirik korxonalar bilan bitimlar tuzilib, texnologik aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi.
Ushbu kelishuvlar hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish va sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
