IPAK QURTI PARVARISHI – DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
2026-04-29 17:55:00 / Yangiliklar
Ipak qurti parvarishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Hamza mahallasi “yettiligi” xonadonlarda bo‘lib, pillachilik orqali aholi bandligini ta’minlash va ish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
O‘rganishlar davomida xonadonlarda ipak qurti parvarishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ish jarayonining borishi ko‘zdan kechirildi.
Hamzalik mehnatkash aholi mavsum davomida ipak qurtini parvarishlash, yuqori hosil olish va belgilangan rejalarni to‘liq bajarish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.
Pillachilik nafaqat qadimiy an’ana, balki bugun ham aholi daromadini oshirish va bandlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mehnatga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyat — natija va barakaning eng muhim garovidir!

