Navro‘z — yangilanish, mehr va hamjihatlik bayrami!
2026-03-24 08:55:00 / Yangiliklar
Bugun yurtimizning har bir go‘shasida, xususan Bekobod tumani mahallalarida Navro‘z ayyomi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda keng nishonlanmoqda. Bu muborak kunlar nafaqat bayram, balki insonlarni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi ulug‘ qadriyatdir.
Qo‘shtamg‘ali mahallasi esa bu borada alohida ibrat ko‘rsatmoqda. “Tashabbusli budjet” doirasida ketma-ket 2 mavsumda jami 4 ta loyiha ilgari surilib, ularning barchasida g‘oliblik qo‘lga kiritildi. Natijada, mahallanining 14 km ichki yo‘llari asfalt qilinadigan bo‘ldi.
Navro‘z ayyomi munosabati bilan mahallada ehsonlar tarqatildi, sumalaklar tayyorlandi. “Parizoda” to‘yxonasida 500 kishilik bayram dasturxoni yozilib, ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.
Shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida yana bir oila o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.
Qo‘shtamg‘ali — bunyodkorlik, hamjihatlik va yangilanish timsoli!

