Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
2026-03-17 18:50:00 / Ochiq ma'lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni
samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-312-son qarori ijrosini
taʻminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati
toʻgʻrisida"gi qonunining 6-moddasiga asosan , tuman hokimining birinchi oʻrinbosari
E.Imamov bildirishnomasini inobatga olib:
1. Bekobod tumani mahalliy byudjetning zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari
hisobidan tumandagi 1- va 7-sonli umumtaʼlim maktablarida boshqa xorijiy tillarni
(ingliz tili) oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish maqsadida til egasi
boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shu jumladan joylashtirish bilan
bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimiga
32,5 mln.soʻm (oʻttiz ikki million besh yuz ming soʻm) mablagʻ ajratilsin.
2. Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (D.Oʻrinboyev) tegishli tartibda tuman mahalliy
byudjeti parametrlariga oʻzgartirish kiritsin.
3. Gʻaznachilik xizmati boʻlimi (I.Egamberdiyev) va tuman maktabgacha
va maktab ta’limi boʻlimi (K.Prnazarov) ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda
maqsadli va samarali foydalanilishini taʻminlasin.
4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E.Imamov zimmasiga yuklatilsin
