Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
2026-03-17 14:55:00 / Ochiq ma'lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining 2026-yil 8-fevraldagi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami
munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori
darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-son hamda Toshkent viloyati
hokimining 2026-yil 25-fevraldagi 1/10-4-962-son bayonlari ijrosini taʻminlash
maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi
qonunining 6-moddasiga asosan, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E.Imamovning
bildirishnomasini inobatga olib:
1. Bekobod tumani mahalliy byudjetning zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari
hisobidan tumandagi xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini
oshirish, shuningdek, oilalarda maʻnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash,
farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarni taqdirlash va tadbir
oʻtkazish uchun tuman hokimligiga 92 930 000 soʻm (toʻqson ikki million toʻqqiz
yuz oʻttiz ming soʻm) mablagʻ ajratilsin.
2. Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (D.Oʻrinboyev) tegishli tartibda tuman mahalliy
byudjeti parametrlariga oʻzgartirish kiritsin.
3. Gʻaznachilik xizmati boʻlimi (I.Egamberdiyev) va tuman hokimligi
(N.Xolboyev) ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda maqsadli va samarali
foydalanilishini ta’minlasin.
4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimining g birinchi
oʻrinbosari E.Imamov zimmasiga yuklatilsin
