Bekobod tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlas
2025-12-30 16:25:00 / Ochiq ma'lumotlar
Bekobod tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27-, 99-moddalari,
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 1105-sonli Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26 dekabrdagi “Mahalliy
byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet
intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
387-sonli qaroriga muvofiq, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2025-yil
26-dekabrdagi 01-20-220/27-01-38/411-2-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston
Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6- va 24-
moddalariga asosan, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi,
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 1105-sonli Qonuni
hamda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 29 dekabrdagi
“Toshkent viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
VII-26-162-10-0-K/25-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qonunga muvofiq, Bekobod tumani mahalliy byudjetining 2026-
yilgi daromadlari 116 712,210 mln.so‘m va xarajatlari 116 712,210 mln.so‘m
miqdorida tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz
ko‘rsatkichlari 1-ilovaga;
tuman mahalliy byudjeti xarajatlarining 2026-yil uchun umumiy
cheklangan miqdori 2-ilovaga;
tuman mahalliy byudjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy
to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha belgilanadigan
normativlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy byudjeti shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida turgan byudjet
mablag‘larining 2026-yilda yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori.478,528
mln.so‘m miqdorida belgilansin.
kengash.gov.uz VII-21-111-10-135-K/25
5. Tumanning tuman byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 2026-yil
uchun 1 718,064 mln.so‘m miqdorida belgilansin.
6. Quyidagilar:
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar
bo‘yicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq
stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar hamda
jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun
belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va
oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga;
yuridik shaxslar bo‘yicha mol-mulk soliqlari uchun qo‘llaniladigan mutloq
miqdorlari 5-ilovaga;
jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq
stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi
koeffitsiyentlar 6-ilovaga;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha
qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 7-ilovaga;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy
stavkalariga qo‘llaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori
8-ilovaga;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha tuman va shaharlar
kesimida yerlar stavkalari kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar
miqdori 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish
masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari E.Imamov, tuman soliq inspeksiyasi
(R.Rustamov) 2026-yil uchun ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan maqsadli va
samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va
mas’uliyatni yanada kuchaytirish, mahalliy byudjet daromadlari uchun
belgilangan ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash
hamda byudjet daromadlar bazasini oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash
zarurligiga alohida e’tibor qaratsin..
8.Tuman soliq inspeksiyasi (R.Rustamov) O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksida belgilangan vakolatlardan kelib chiqib:
soliqlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni o‘z
vaqtida byudjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini o‘rnatish;
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk
soliqlari bo‘yicha doimiy tahlililar o‘tkazgan holda, soliqlarni to‘liq
hisoblanishini ta’minlash hamda ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq
qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul
aylanmalarining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq
nazoratini o‘rnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati
tadbirlarini o‘tkazish;
kengash.gov.uz VII-21-111-10-135-K/25
yer va mol-mulk solig‘ining soliq bazasini oshirish, yani xatlov ishlarini
samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
9. Majburiy ijro byurosi Bekobod tumani bo‘limi (U.Sayidov), tuman soliq
inspeksiyasi (R.Rustamov)ga:
hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mavjud soliq
qarzdorliklarini byudjetga undirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borish
hamda har chorak yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan
kamayib borishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
10. Bekobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi
(Z.Karabayev), tuman soliq inspeksiyasi (R.Rustamov)ga:
tumanda sug‘orishga sarflanayotgan suv hajmlari bo‘yicha aniq hisob-
kitoblar yuritgan holda mazkur iste’mol hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqlarni to‘liq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga
qadar mahalliy byudjetga to‘liq undirib olish vazifasi yuklatilsin.
Bunda, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan suv
resurslari hajmlari va ushbu hajmlar bo‘yicha hisoblanayotgan suv soliqlari
bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilsin.
11. Tuman ichki ishlar bo‘limi (S.Ergashxo‘djayev), tuman adliya bo‘limi
(U.Boltayev) tumanda byudjetga hisoblangan boj, jarima va yig‘imlarni o‘z
vaqtida to‘liq byudjetga undirish choralarini ko‘rib borsin.
12. Xalq deputatlari tuman Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Byudjet
kodeksining 27- va 28-moddalarida belgilangan byudjet sohasidagi
vakolatlaridan kelib chiqib, byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga
tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag‘larining maqsadli
sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
13. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi har chorak yakuni bilan byudjet
mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy
natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsin.
Bunda,
byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish,
xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon,
kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni to‘liq
rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat
jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining to‘g‘ri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va maqsadli
indikatorlarning to‘liq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning
to‘g‘ri taqsimlanishi;
o‘z tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat
qilinishi;
byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-
saytlarda ma’lumotlarni joylashtirib borilishini ta’minlasinlar.
kengash.gov.uz VII-21-111-10-135-K/25
14. Tuman hokimligi (Z.Tursunov) tashqi reklama obyektlarini to‘liq
xatlovdan o‘tkazgan holda, ushbu tashqi reklama obyektlari bo‘yicha
shartnomalar tuzish choralarini ko‘rsin hamda shartnomalar bo‘yicha yig‘imlarni
byudjetga to‘lanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
15. Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Mamadaliyev), Davlat soliq
inspeksiyasi (R.Rustamov), iqtisodiyot va moliya bo‘limi (D.O‘rinboyev) bilan
birgalikda tumandagi boshqa ommaviy axborot vositalarida, hokimlik
muassisligidagi gazetada qonunda belgilangan ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari,
soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni e’lon qilinishi hamda
hokimliklarning rasmiy veb- saytiga joylashtirilishini tashkil etsin.
16. Mazkur qaror “Yangi Bekobod” (S.Sheraliyeva) gazetasi va ommaviy
axborot vositalari (A.Mamadaliyev)da yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman
hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
17. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman
Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy
islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si (I.Egamberdiyev) hamda
tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari E.Imamov zimmasiga yuklatilsin.
https://e-qaror.gov.uz/doc/2749908
