Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mexanizmlari
2025-09-26 20:20:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish o‘tkazildi.
Boysun tuman hokimining Tashkiliy nazorat guruhi rahbari Baxtiyor Namozov boshchiligida tuman hokimligi apparati xodimlari, shuningdek, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash hamda manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida manfaatlar to‘qnashuvining huquqiy ta’rifi, ularning oldini olish, aniqlash, tartibga solish va hal etish mexanizmlari yuzasidan taqdimot asosida batafsil tushuntirishlar berildi.
Davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatdorligi xizmat vazifalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, ularning oqibatlari va bu boradagi yuridik javobgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.



