"Biz korrupsiyaga qarshimiz"
2025-08-29 14:45:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish
Jamiyatda adolat, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.
Shu maqsadda tashkilot va idoralarda doimiy seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Xususan, Boysun tumani hokimligida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri, oqibatda yuzaga keladigan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy muammolar xususida to‘xtaldi.
Yakunda xodimlarga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarish, faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish va ogohlantirishlar berildi.



