Omonxona qishlog‘ida turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
2025-06-26 19:35:00 / Yangiliklar
Kuni kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida "Omonxona" sanatoriysi va hududdagi turizm markazi uchun ishlab chiqilgan master reja bilan tanishgan edi. Jumladan, sanatoriyning mavjud sharoitlari o‘rganilib, bu yerda dam olayotgan nuroniylar bilan muloqot qilib, mutasaddilar tomonidan turizm markaziga oid master rejaning texnik-iqtisodiy asoslari, joylashuv xaritasi va rejalashtirilayotgan obektlar haqida ma’lumot berib o‘tilgan edi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘raev, tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududda obodonlashtirish, noqonuniy savdo ob’ektlarini tartibga solish, uy mehmonxonalari faoliyatini jadallashtirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, Omonxona qishlog‘ida turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda hududning turizm salohiyati, mehmonxona xizmatlarining sifatini oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ul rahbarlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan mehmonxona rahbarlariga amaliy tavsiyalar berildi.



