Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
2025-06-04 16:05:00 / Tadbirlar
Boysun tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish maqsadida navbatdagi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda tashkil etilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 6-sonli umumta’lim maktabida Gaza mahallasi hamda Sho‘rsoy mahallasi yoshlari o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Shuningdek, "Mustaqillik" mahallasida joylashgan 39-sonli maktabda Mustaqillik yoshlari o‘rtasida gandbol, shaxmat, shashka va voleybol turlaridan musobaqalar o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni yuksak maqsadlar sari yo‘naltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.



