12-may – Xalqaro hamshiralar kuni
2025-05-12 11:50:00 / Yangiliklar
Bugun butun dunyo bo‘ylab Xalqaro hamshiralar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu sana zamonaviy hamshiralik kasbining asoschisi, insonparvarlik timsoli Florens Naytingeyl (1820–1910) tavallud topgan kun munosabati bilan belgilangan bo‘lib, har yili ushbu kunda tibbiyot sohasining eng fidoyi vakillari – hamshiralar qadrlanadi.
Hamshiralar – bu shifokorlarning eng yaqin yordamchilari, bemorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning holatini kuzatadi, parvarishlaydi, mehribonlik va e’tibor bilan ruhlantiradi.
Bayram munosabati bilan Boysun tumani hokimligi binosida o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh hamshiralari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, yurtimiz bo‘ylab tibbiyot tizimida faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralar va o‘rta tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!



