Yoshlar bilan uchrashuv
2025-04-23 16:30:00 / Yangiliklar
Yoshlarni ish bilan ta’minlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Shu munosabat bilan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida shahar va tumanlar studiyalari bilan videokonferensaloqa orqali loyihalar taqdim qilindi.
Boysun tumanida ishsiz deb e’tirof etilgan 437 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tuzib olingan "Bandlik dasturi" ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar ishtirok etishdi.
Unda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov videokonferensaloqa orqali bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan qilinayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan muloqot olib bordi.
Tadbirda davomida tuman hokimi Bahodir Shukurov hududda yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishsiz yoshlarning hoxish-istaklari hamda hudud infratuzilmasidan kelib chiqib, yoshlarga asalarichilik, bog‘dorchilik, savdo-sotiq va boshqa yo‘nalishlar orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari yo‘lida zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.






