15-Aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni
2025-04-15 08:45:00 / Yangiliklar
Qadrli madaniyat xodimlari,
Sizlarni kasb bayramingiz - “15-Aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni” bilan chin dildan tabriklaymiz!
2021-yilning 7-iyun kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Bu esa yurtimizda madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolatdir.
Inson qalbiga olijanob fazilatlar, ezgu his-tuyg‘ularni singdirib, jamiyatni birlashtirish va taraqqiy ettirish, xalqni, Vatanni dunyoga tarannum etishda madaniyat va san’atning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. San'at va madaniyat har bir millatning tarixi va zakovatini tarannum etuvchi qudratli kuchdir.
Aziz san’atkorlar, muhtaram soha faxriylari!, madaniyat va san'at sohasida ko'p yillar davomida mehnat qilib, soha rivojiga hissa qo'shayotgan siz azizlarni yana bir bor qutlab, o'zbek milliy madaniyatining dunyoga tanilishi va uning nufuzini yanada oshirish yo'lida xizmat qilishingizga tilakdoshmiz!

