“Tibbiyot — korrupsiyadan holi soha” mavzusida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
2026-08-13 18:15:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ochiqlik va shaffoflik — korrupsiyaning oldini olishning eng muhim omillaridan biridir!
“TIBBIYOT — KORRUPSIYADAN HOLI SOHA”: BOYSUN TUMANIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI
Boysun tumanida sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, aholi murojaatlarini tinglash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Tibbiyot — korrupsiyadan holi soha” mavzusida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyev, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Muqumov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari B.Uluqov, deputat H.Saidov tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Normamatov, fuqarolar, OAV xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.
Mutasaddilar tomonidan fuqarolarga tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiyot muassasalarining imkoniyatlari, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga bepul tibbiy xizmatlar va dori-darmonlardan foydalanish tartibi tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollar hamda murojaatlar yuzasidan mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Tadbir davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.









