Munosabat
2026-07-29 21:50:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
Munosabat
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida orqali "Svetofor nosozligini bartaraf qilinglar" sarlavhali murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Boysun tumani markazidagi Ariq-usti mahallasi hududida joylashgan chorrahadagi svetofor joriy yilning 26-iyul yakshanba kuni texnik nosozlik sababli vaqtincha o‘chib qolgan.
Mazkur holat Boysun tumani Yo‘l-patrul xizmati tomonidan nazoratga olinib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nosozlik qisqa muddatlarda bartaraf etilgan va 27-iyul kuni svetoforning to‘liq ish faoliyati qayta tiklangan.
Hozirgi vaqtda svetofor belgilangan tartibda to‘liq ishlab turibdi hamda chorrahada transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligi ta’minlanganligini ma’lum qilamiz.



