RASMIY MUNOSABAT
2026-06-27 19:25:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Omonxona" qishlog'ida zipline attraksionidagi videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
2026-yil 27-iyun kuni soat 09:50 da Boysun tumani Inkabod mahallasida joylashgan Omonxona qishlog‘ida yangidan faoliyat boshlagan Zipline attraksionidan foydalanayotgan fuqaro texnik to‘xtalish sababli qisqa vaqtga havoda qolib ketgan. Ushbu holat attraksionida texnik sinov jarayoni davom etayotgan vaqtda yuz bergan.
Aniqlanishicha, fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra mazkur attraksiondan foydalangan. Harakat davomida finish nuqtasiga taxminan 20–25 metr qolganda u texnik sabablarga ko‘ra 30 soniya to‘xtab qolgan. Shundan so‘ng attraksion mas'ullari tomonidan belgilangan xavfsizlik tartiblariga muvofiq maxsus arqon yordamida fuqaro xavfsiz tarzda yerga tushirilgan.
Mazkur holat oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan, sog‘lig‘i va ruhiy holati qoniqarli ekanligi aniqlangan.
Voqea yuzasidan zudlik bilan hodisa joyiga Boysun tumani prokurori, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, yetib borib, holatni o‘rgangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan tasdiqlanmagan yoki voqelikni buzib ko‘rsatuvchi xabarlarga emas, balki rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan axborotlarga tayanishlarini so‘raymiz.
