Qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
2026-06-09 22:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bugun tuman hokimi B.Shukurov hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Murtazoyev boshchiligida Darband, Temirdarvoza va Shifobuloq mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
Jumladan, ijtimoiy soha obyektlari binolarining qurilish jarayonlari, piyodalar uchun yo‘laklar barpo etish ishlari hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi, obyektlarda yaratilayotgan shart-sharoitlar va xavfsizlik talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ijtimoiy soha obyektlarida aholi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.









