RASMIY MUNOSABAT
2026-06-02 18:35:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan "Suv bor, lekin ariqqa oqadi" sarlavhali murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Joriy yilning 31-may kuni Boysun tumani Yuqori Machay mahallasi hududida maxsus texnikalar harakatlanishi natijasida “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Boysun tumani filiali tasarrufidagi Olchabuloq ichimlik suvi manbaidan keluvchi magistral suv tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.
Mazkur holat oqibatida ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida filial mutaxassislari tomonidan tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlarini xavfsiz va samarali tashkil etish uchun tarmoqning yuqori qismida joylashgan avariya suv chiqarish nuqtasi orqali suvni vaqtincha chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mas’ul xodimlar tomonidan avariya holatini qisqa muddatlarda bartaraf etish va ichimlik suvi ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Ichimlik suvi ta’minoti imkon qadar qisqa muddatlarda to‘liq tiklanadi.



