Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ishlari samarali tashkil etilmoqda.
2026-05-14 10:15:00 / Yangiliklar
Boysun tumanidagi Rabot massivida faoliyat yuritayotgan "Abdurasulbobo bog‘lari" fermer xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ishlari samarali tashkil etilmoqda.
Xususan, fermer xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish maqsadida ilg‘or sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan. Yangi texnologiya asosida 4 gektar maydonda kartoshka ekinlari tomchilatib sug‘orish usulida parvarishlanmoqda. Ushbu usul orqali suv tejalishi bilan birga, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga erishilmoqda.
Shuningdek, 2,5 gektar maydonda sabzi ekinlari yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi asosida yetishtirilmoqda. Bu texnologiya tuproq namligini bir me’yorda saqlash, o‘simlikning sog‘lom o‘sishi hamda yuqori hosil olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari, fermer xo‘jaligida 4 gektar yer maydonida tarvuz va qovun mahsulotlari parvarishlanib, bozorlar uchun sifatli poliz mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.






