Muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2026-05-13 23:35:00 / Yangiliklar
Boysun tumani hokimligi binosida tuman hokimi, tuman prokurori o‘rinbosari hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish, "manzilli ishlar" tizimini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.









