Obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari holati muhokama qilindi.
2026-05-12 19:45:00 / Yangiliklar
Prezidentimizning tegishli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni shakllantirishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Boysun tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanning “Xo‘jabulg‘on” mahallasida avtomobil yo‘llari ta’mirlanib, ichki ko‘chalar zamonaviy talablar asosida tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, ichki infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu chora-tadbirlar aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Bugun tuman hokimi, tuman prokurori, tegishli mas’ullar, mahalla “yettiligi” a’zolari, faollar hamda nuroniylar ishtirokida “Xo‘jabulg‘on” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari holati muhokama qilindi. Shu bilan birga, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan drayver loyihalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.









