"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida gala konsert!
2026-04-29 19:55:00 / E'lonlar
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida gala konsert!
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida joriy yil 1-may kuni soat 18:00 da Boysun tumanidagi Alpomish stadionida estradamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida unutilmas gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsert mehmonlari:
Gulsanam Mamazoitova;
Ulug‘bek Yo‘lchiyev;
Mahmud Namozov;
Ravshan Komilov;
Hosila Rahimova.
Konsert dasturiga kirish mutlaqo bepul!
Barcha vohamiz mehmonlari va tuman aholisini ushbu musiqiy bayramga taklif etamiz.
Keling, "Boysun bahori" festivalining ilk kunini birga quvonch va kuy-qo‘shiqlar bilan nishonlaylik!

