Rasmiy munosabat
2026-04-23 19:25:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
Rasmiy munosabat
Joriy yilning 23-aprel kuni Boysun tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida ayrim hududlarda suv toshqinlari va sel oqimlari yuzaga keldi.
Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligida tezkor ishchi guruh shtabi tashkil etildi hamda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, sel oqimlari kuzatilgan hududlarda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda obodonlashtirish korxonasi tomonidan tezkor ishlar olib borildi.
Jumladan, Sayrob avtomobil yo‘lining 8–9 km qismida joylashgan ko‘prikda yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar bartaraf etildi hamda transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishi ta’minlandi.
Shuningdek, Boysun–Duoba avtomobil yo‘lining 3–5 km oralig‘ida sel oqimlari tufayli yuvilib ketgan yo‘lning qatnov qismi maxsus texnikalar yordamida tozalandi va tiklash ishlari amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda hududdagi barcha yo‘llarda transport vositalarining harakati uzluksiz davom etmoqda. Talofatlar va jabrlanganlar qayd etilmadi.
Vaziyat tuman hokimligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.







