Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir tashkil etildi
2026-04-08 15:55:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish
Boysun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir tashkil etildi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid”, — deya ta’kidlagan edi Davlatimiz rahbari 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Boysun tumani soliq inspeksiyasida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda pora berish yoki olish, shuningdek, bu jarayonda vositachilik qilish ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan jinoyatlar qatoriga kirishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tarqatma materiallar orqali @dsq_anticorrupciya_bot maxsus Telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi, shuningdek, Soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-49 raqamli ishonch telefonlari orqali murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.






