MUNOSABAT
2026-03-17 21:10:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
YouTube tarmog‘i orqali Boysun tumani “Yuqori Machay” MFYda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Ch. Qodirov bronxial astma kasalligi sababli ishlay olmasligini bildirib, MFY, hokimiyat hamda boshqa tashkilotlardan moddiy yordam so‘rab yo‘llagan video murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Fuqaro Ochilova Umida Safarovna oilasida 4 nafar a’zo mavjud. Uning turmush o‘rtog‘i Qodirov Chori Eshboyevichga Boysun tumani hokimligi tomonidan subsidiya asosida 50 kg urug‘lik kartoshka yetkazib berilgan.
Shuningdek, fuqaro Qodirov Chori Eshboyevichga 2-guruh nogironligi belgilangan bo‘lib, u har oyda
1 012 000 (bir million o‘n ikki ming) so‘m miqdorida nogironlik nafaqasi olib kelmoqda.
Fuqaro Ochilova Umida Safarovnaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2026-yil 6-fevral kuni kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi tayinlash bo‘yicha arizasi “Yagona reyestr” ATda 29839561-ID raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Mazkur arizaga asosan 2026-yil mart oyidan boshlab unga kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi tayinlanib, har oyda 440 000 so‘m miqdorida to‘lab kelinmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-sonli qaroriga muvofiq, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yil noyabr oyida bir martalik moddiy yordam ajratish belgilangan.
Unga ko‘ra, fuqaro Ochilova Umida Safarovna reyestrda mavjud bo‘lganligi sababli 2025-yil noyabr oyida 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilgan.



