MUNOSABAT
2026-03-19 12:15:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Boysun tumani hududida ekologik holat kundan kunga yomonlashib borayotgani yuzasidan tarqalgan video material o‘rganib chiqildi.
Ayni paytda Boysundagi "M-25" konida vaziyat barqaror bo‘lib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Avval xabar berilganidek, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gazni yoqish amaliyoti qo‘llanilgan. Ushbu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qo‘llaniladigan standart amaliyot hisoblanib, xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi.
Shuningdek, ayni vaqtda konda yoqib qo‘yilgan gazni jilovlash maqsadida AQSH va Rossiyadan malakali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, tegishli o‘rganish va amaliy ishlar olib borilmoqda.

