MUNOSABAT
2026-03-21 20:10:00 / Rasmiy munosabat va bayonotlar
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumani Yuqori Machay mahallasi fuqarolari tomonidan o‘rmon fondi yer maydonlarida amalga oshirilgan noqonuniy qurilishlar yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganib chiqildi.
Mazkur holat yuzasidan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan Machay o‘rmon bo‘limiga qarashli taxta uchastkasida ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu noqonuniy qurilish ishlarini olib borgan fuqaro tomonidan noqonuniy qurilish ixtiyoriy ravshda buzib olinib egallab olinga yer maydoni to‘liq o‘rmon xo‘jaligi nazoratiga olindi kelajakda ushbu holat takrorlanmasligi yuzasidan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda fuqarolar rasman ogohlantirildi.




