Munosabat
2026-01-21 10:00:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Boysun tumani “Xo‘jaidod” MFY, “Qo‘rg‘oncha” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va tomorqa bog‘lari sel xavfi ostida ekani, aholi xonadonlari hamda tomorqalarni sel oqimidan himoyalash maqsadida taxminan 500 metr masofada selga qarshi himoya to‘sig‘i qurish zarurati mavjudligi, biroq moliyaviy manbalar yetishmasligi sababli ushbu inshoot so‘nggi ikki yil davomida barpo etilmagani ta’kidlangan. Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat asosida Boysun tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tegishli tashkilotlar va mas’ul mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha sel xavfini bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanishi hamda tez fursatda jamoatchilikka batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.

