Tashqi reklama vositalari o‘rganilmoqda
2025-12-20 15:35:00 / Yangiliklar
Boysun tumanida tashqi reklama vositalari o‘rganilmoqda
Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi “Olmazor” va “Istiqlol” ko‘chalari hududlarida joylashgan tashqi reklama vositalari xatlovdan o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida:
tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi;
tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi hamda turli o‘lchamdagi mazkur reklama vositalarini (konstruksiyalarini) joyida bartaraf etish (demontaj) qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan reklama faoliyatini tartibga solish, uni davlat tilida to‘g‘ri va qonuniy yuritish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



