Siyosiy-ma’rifiy bilim
2025-12-19 11:10:00 / Yangiliklar
Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining joriy hafta uchun belgilangan soni namoyish etildi.
Bugungi o‘quv soatida Boysun tumani hokimligi apparati xodimlari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar hamda ma'rifiy videolavhalar bilan tanishishdi.
Shuningdek, hokimlik apparati xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi.






