DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BOYSUN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
2025-11-18 18:20:00 / E'lonlar
DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BOYSUN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Boysuntumangaz” gaz bo‘limi ma’lum qiladi.
Boysun AGRSda bosim saqlagich almashtirilishi munosabati bilan 19-noyabr kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Boysun tumani markazidagi iste'molchilariga tabiiy gaz etkazib berish ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

