O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Risqul Siddiqov Baxmal tumaniga tashrif buyurdi.
2025-09-30 10:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Risqul Siddiqov Baxmal tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan loyihalar, ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgalik jarayonlari bilan tanishdi.
Oqtosh mahallasida investisiya dasturi doirasida qurilayotgan 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida quruvchilar bilan uchrashdi, Baxmal tumani 2-sonli politexnikumda dual ta’lim tashkil qilish borasidagi ishlar hamda o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan kasblar va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar masalasida Mustaqillik mahallasi “mahalla yettiligi” bilan suxbatlashdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.




