BAXMALDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
2026-11-17 17:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida Baxmal tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Meliboyev tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, moddiy yordam, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, muammolarni qonuniy va ijobiy hal etish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
