BAXMAL TUMANIDA AHOLI SALOMATLIGI VA GENOFONDNI MUHOFAZA QILIŞ MASALASIDA OÇIQ MULOQOT ÖTKAZILDI
2026-10-29 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirdan közlangan asosiy maqsad aholi örtasida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, qonunçilik talablari böyiça tuşunçalarni kengaytiriş, şuningdek, aholi salomatligi va kelajak avlod genofondini muhofaza qilişga qaratilgan huquqiy bilimlarni oşirişdan iborat böldi.
Oçiq muloqot davomida aholi salomatligi va genofondiga qarşi qaratilgan jinoyatlarning mazmun-mohiyati, bunday qilmişlar uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralari hamda jinoyatlarning oldini olişda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, fuqarolarning qonunlarga rioya qilişi, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, inson salomatligi va kelajak avlod manfaatlarini himoya qiliş borasidagi mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida huquqiy-ma’rifiy muloqot bilan bir qatorda sayyor sud majlisi ham ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazodan ozod qiliş bilan boğliq masalalar yuzasidan 9 nafar mahkumga taalluqli işlar körib çiqildi.
Sud majlisida har bir iş holatlari qonunçilik talablari asosida örganilib, mahkumlarning şaxsi, sodir etilgan qilmişning xususiyatlari hamda jazoni ötaş davridagi xulq-atvori inobatga olindi.
Körib çiqilgan işlar natijasiga köra, 9 nafar mahkumni tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda ozod qiliş haqida tegişli sud qarorlari qabul qilindi.
Sayyor sud majlislarini aholi örtasida ötkazişdan maqsad odil sudlovning oçiqligi va şaffofligini ta’minlaş, fuqarolarning sud hokimiyatiga bölgan işonçini mustahkamlaş, şuningdek, jazoni ötaşda qonunçilikda nazarda tutilgan huquqiy mexanizmlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazişdan iboratdir.
Ta’kidlaş joizki, bunday tadbirlar mahkumlarning qonunga itoatkor hayotga qaytişi, ijtimoiy moslaşuvi va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson salomatligi — eng oliy ne’mat, millat genofondi esa xalqning bebaho boyligidir. Uni asraş nafaqat tibbiyot xodimlari yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarning, balki har birimizning burçimizdir.
Aholi salomatligiga zarar yetkazuvçi jinoyatlar, giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatilişi, xavfli mahsulotlar muomalasi va inson hayotiga tahdid soluvçi boşqa qonunbuzarliklar nafaqat bugungi kunga, balki kelajak avlod taqdiriga ham salbiy ta’sir körsatadi.
Şu bois, asr vabosi deb ataluvçi giyohvandlikka qarşi kuraşiş bugungi kunda mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kötarilgan.
Şuni unutmasligimiz kerakki, bir inson salomatligiga yetkazilgan zarar — bir oilaning dardi, millat salomatligiga tahdid esa butun jamiyatning muammosidir.
Qonunga hurmat, soğlom turmuş tarzi va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabat — soğlom jamiyatning mustahkam poydevoridir.
Inson hayotini qadrlaş, salomatligimizni asraş — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz hisoblanadi. Zero, soğlom avlod — millat kelajagi, uni himoya qiliş esa barçamizning muqaddas burçimizdir.
Jinoyat işlari böyiça Baxmal tuman sudi raisi
D. Amirov
