Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi
2026-10-07 17:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida, avvalo, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqarolarning xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlar va bozor hududida faoliyat yuritayotgan fuqarolarga isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr va gaz jihozlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Profilaktik tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-sonli “Aholi va xonadonlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish hamda bu boradagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ-310-sonli “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Targ‘ibot davomida fuqarolarga “Xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!” tamoyili asosida yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda hushyorlik va ehtiyotkorlikning muhimligi tushuntirildi. doir tashkiliy chora tadbirlar to'g'risida qaroriga muvofiq targ'ibot tashviqot tushuntirish ishlari olib borildi.
