Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-09-10 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining oʻrinbosari A. Egamberdiyev v.v.b tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Ayrim murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning natijadorligini ta’minlash, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida va amaliy hal etish masalalari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
