Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-09-08 17:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Meliboyev tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq muddatlar belgilanib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning qonuniy, tezkor va samarali hal etilishi hamda ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
