Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmaydi
2026-09-02 17:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Kuliyeva tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan oila va xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, har bir masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning yechimini ta’minlash maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
