Baxmal tumanida sud-huquq tizimida samarali faoliyat yuritib, o‘zining kasbiy mahorati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan el-yurt hurmatini qozongan Maqsud Avazovich Islamov yangi va mas’uliyatli lavozimga tayinlandi.
2026-08-17 17:45:00 / Yangiliklar
Baxmal farzandi — mas’uliyatli lavozimda
Maqsud Avazovich Islamov 2012–2026-yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi devonxona mudiri lavozimida samarali mehnat qilib, sud-huquq tizimida boy tajriba va yuksak kasbiy salohiyatga ega bo‘ldi.

Sudyalar oliy kengashining 2026-yil 14-avgustdagi qaroriga asosan, u Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov — Maqsud Avazovichning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy salohiyati va sud-huquq tizimidagi tajribasining munosib e’tirofidir.
