Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim
2026-08-15 17:55:00 / Yangiliklar
Baxmal tuman hokimi Aziz Ergashev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammo va masalalarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, yer, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan alohida tinglanib, masalalarni qonuniy tartibda hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda.
