XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
2026-07-28 17:40:00 / Yangiliklar
Aholining muammo va takliflarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida Baxmal tumanida fuqarolar qabuli muntazam tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A. Meliboyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari S. Abduvaxidov tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi bu kabi qabullar izchil davom ettirilmoqda.
