Tuman hokimligiga 2026-yilning yanvar-iyul oyida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
2026-07-27 11:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda yig‘ilish bayonlarida jami 2774 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan.

Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 2184 ta topshiriqning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 90 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash choralari ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-468-son qaroridagi 123 ta topshiriq tuman hokimligiga ijroga qaratilgan. Hozirgi kunda mazkur topshiriqning 98 tasi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 24 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-35-son qaroridagi 86 ta topshiriq tuman hokimligiga ijroga qaratilgan. Hozirgi kunda mazkur topshiriqning 14 tasi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 70 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimining joriy yilda bajarish zarur bo‘lgan jami 302 ta topshiriqlari tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan, shundan 286 tasining ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 16 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tuman hokimi tomonidan tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi, mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyasizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan 3 nafar xodimlar bilan tuzilgan mexnat shartnomalari bekor qilindi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari Baxmal tumani hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
27.07.2026
