Baxmal tumanida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
2026-07-08 16:50:00 / Yangiliklar
Fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.

Baxmal tumanida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
Fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Muxammadiyeva tomonidan 2026-yil 8-iyul kuni fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan esa aniq muddatlar belgilanib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
