Baxmal tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-07-08 15:40:00 / Yangiliklar
Fuqarolarning murojaatlarini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.

Baxmal tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
Fuqarolarning murojaatlarini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari S. Abduvaxidov tomonidan 2026-yil 7-iyul kuni fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi muammolarini joyida hal etish, murojaatlar bilan ishlash tizimining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
