Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-05-16 14:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-51-sonli Farmoni asosida Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari B.Zulfiqorov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 6 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari B.Zulfiqorov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 6 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 2 ta murojaat nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
