Korrupsiya taraqqiyot dushmani
2026-03-02 09:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunga kelib dunyodagi deyrli barcha davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish uchun o’zlarining ijtimoiy kelib chiqishi yoki jahon tajribalari doyrasida ma’lum bir yo’nalishlarni tanlangan holda amalga oshirmoqda .
Shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida ham 2017 yil 3-yanvarda Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
Barcha sohalardagi kabi iqtisodiyot soxasida xam Korrupsiyaga qarshi kurashish bilan o’zora bog’liq bo’lgan qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda .Iqtisodiyotni rivojlanishida olib borilayotgan isloxatlar zamirida shofoflik va ochiqlikka e’tibor keng qaratilgan.Shu o’rinda Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 684-sonli Qonuning qabul qilingani korrupsiyaga qarshi kurashishning bir asosidir. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining ochiqlik va shaffoflik, tortushuv va xolislik, moliyaviy mablag’lardan foydalanishning oqilonaligi,tejamkorlik va samaradorligi mutanosiblik,davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi hamda eng asosiysi korrupsiyaga yo’l qo’ymaslikdir.Ushbu tizim orqali endigina ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish foliyati biln shug’ulanishni boshlagan tadbirkorlar o’zlarining mahsulotlariga bo’lgan xaridorlarni yoki aksincha buyurtmachilar o’zlariga kerakli bo’lgan mahsulotlarni oson,sifatli va arzon narxlarda toppish mumkin. Buning uchun ular davlat xaridlari tizimining dxarid.uzex.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Ayni vaqta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoniga asosan G’aznachilik tizimini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali gʻaznachilik operatsiyalarini elektronlashtirish va avtomatlashtirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni naqd pul shaklida olish jarayonini raqamlashtirish, davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarni tuzish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish amaliyotini raqamlashtirlishi yani inson omilisiz avtomat ro’xatdan o’tkazish orqali qog’ozbozlik kamayadi, vaqt tejaladi va shular bilan bir qatorda Korrupsiyon holatlarning oldini olishga erishiladi.
J.T.Shodiyorov
Baxmal tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i
