Tartibli migratsiya masalalari muhokama qilindi
2025-10-11 12:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Shohro‘z Hakimov va tuman hokimi o‘rinbosari Dilmurod Musurmonov ishtirokida mahalla tizimi xodimlari uchun tartibli migratsiya masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarni mehnat migratsiyasiga tayyorlash, xorijda ishlayotgan hamyurtlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tartibli migratsiyani yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga migratsiya sohasidagi qonunchilik yangiliklari, yangi imkoniyatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







